Eronda portlash sabab motam e’lon qilindi

  • 1
  • 28.04.2025 12:44:00
  • 1 min read

28-aprel kuni Eronning  Bandar-Abbos portida portlash sodir boʻldi. Oqibatda 36 kishi halok bo‘lgan, 1200 dan ortiq kishi jarohatlangan. 
Portlashda yuzaga kelgan yong‘in kimyoviy moddalar borligi sababli portning sharqiy qismiga tarqalgan. Eron sog‘liqni saqlash vazirligi Ho‘rmuzgon viloyatida favqulodda holat rejimini e’lon qilib, aholidan uylarda qolishni so‘ragan. Fojea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Mamlakatda milliy motam e’lon qilindi

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News