
- 3
- 10.03.2023 13:59:00
- 1 min read
Telegram navbatdagi yangilanishida foydalanuvchilar batareya quvvatini tejashlari mumkinligini qo‘shgan.
Ushbu rejimni quyidagicha yoqish mumkin: Menyu’dan Sozlamalar > Quvvatni tejash.
Ushbu funksiyani batareya quvvati kam bo‘lganda avtomatik tarzda yoqiladigan qilib sozlash mumkin. Bundan tashqari, foydalanuvchilar qaysi effektlarni o‘chirishni va qaysi birini qoldirishni tanlashlari ham mumkin.
Shuningdek ushbu funksiya video yoki ovozli xabarlarni ijro etish tezligini sozlash, guruhlarga qo‘shishni taqiqlaganlar uchun taklifnoma havolalarini yuborish, stikerlarni foydalanish vaqtiga qarab saralash, yangi animatsion emojilar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Yangi funksiya Android qurilmalarida mavjud, ammo IOS versiyasi Apple tomonidan barcha tekshiruvlar tugagandan so‘ng taqdim etiladi.