Huawei yangi aqlli soatining Global versiyasini taqdim etdi

  • 10
  • 01.03.2023 11:18:00
  • 1 min read

Barselonadagi  MWC ko‘rgazmasida Huawei Watch GT Cyber aqlli qo‘l soatining Global versiyasini namoyish etdi. Namoyishda soatga yangi konsepsiya asosida almashtirish mumkin bo‘lgan yangi tasmalar taqdim etildi. Tasma ko‘rinishidan Xiaomi Mi Bandning chizg‘ichsimon tasmalarini eslatib yuboradi.
Bu imkoniyat deyarli barcha aqlli soatlarda bor dersiz lekin yangi Huawei Watch GT Cyber’ning tasmasini almashtirish bilan birga uning korpusini ham bir necha soniya ichida almashtirishingiz mumkin. Foydalanuvchilar uchun 6 xildagi tasma va korpus sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News