
- 19
- 18.01.2023 11:39:00
- 1 min read
Barchaning sevimli shirinliklaridan biri bo‘lgan holvaytarni uy sharoitida ham tayyorlash juda oson.
Kerakli masalliqlar:
1. Un - 200 gr
2. O‘simlik yog‘i - 200 ml
3. Shakar - 200gr
4. Suv - 0,5 l
Holvaytar uchun qozonda yogʻ qizdiriladi va un solib aralashtiriladi. Soʻng, un jigarrang tusga kirguncha qovuriladi.
Boshqa bir idishda suv qaynatilib, shakar solinadi va qiyomli sharbat tayyorlanadi.
Tayyorlangan qiyomli sharbat qozondagi qizartirib qovurilgan un ustiga quyiladi. Aralashma qaynagach, olovi pasaytirilib, 20-25 minut davomida tez-tez aralashtirib turiladi. Holvaytar toʻq qizil tusga kirgach, qozon olovdan olinadi.
Tayyor holvaytar likopchalarga suziladi va sovigandan soʻng dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha
Foto: Zira.uz