Chilida gaz ortilgan tanker portladi: qurbonlar bor

Chilida gaz ortilgan tanker portladi: qurbonlar bor
  • 0
  • 21.02.2026 11:33:00
  • 1 min read

Chilida gaz ortilgan tanker boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darildi va kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi jarohat olgan va kamida 7 ta avtomobil yonib ketgan. Hodisa poytaxt Santyagoning shimolida yuz bergan. Voqeadan so‘ng avtomagistral vaqtincha transport harakati uchun yopildi. Rasmiylar hodisa yuzasidan tergov boshlanganini ma’lum qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News