Toshkentda Fransiya viza markazi ochildi

Toshkentda Fransiya viza markazi ochildi
  • 1
  • 12.03.2026 15:43:00
  • 1 min read

Joriy yilning 11-mart kuni Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Ualid Fuk Toshkentda  Fransiya viza markazini tantanali ravishda ochdi. Endilikda Fransiyaga bormoqchi bo‘lganlar barcha viza hujjatlarini TLSContact markazi orqali topshirishi kerak boʻladi. Ma’lumot uchun, viza arizalari avvallari bevosita Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi huzuridagi viza boʻlimi tomonidan qabul qilinardi. Hozirda diplomatik missiya konsulligi ariza beruvchilarni qabul qilmaydi. Shuningdek, elchixona Fransiyaga vizalar bo‘yicha uchrashuvlar belgilash uchun qo‘ng‘iroqlarni  faqatgina ushbu markaz orqali qabul qiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News