
- 1
- 19.02.2026 12:12:00
- 1 min read
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol 2024-yil oxirida harbiy holat joriy etgani va isyon uyushtirishda aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. U 2022-yil mayidan prezident bo‘lgan, 2024-yil dekabrida qisqa muddatga harbiy holat e’lon qilgani sabab Milliy assambleya tomonidan lavozimidan chetlatilgan, 2025-yil aprelida impichment tasdiqlangan va hibsga olingan.
2026-yil yanvarida sud unga hokimiyatni suiiste’mol qilish va hibsga olishga qarshilik ko‘rsatish ayblovlari bilan 5 yil jazo ham tayinlagan. Prokurorlar o‘lim jazosi so‘ragan, ammo qonunchilikka ko‘ra isyonga rahbarlik qilgan ayblov uchun uch tur jazo mumkin edi: o‘lim, majburiy mehnat bilan umrbod yoki majburiy mehnatsiz umrbod.
Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Xi ham diniy tashkilotdan qimmatbaho sovg‘alar olgani uchun 1 yil 8 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. U va Yun Sok Yol Janubiy Koreya tarixida bir vaqtning o‘zida qamoqda bo‘lgan ilk prezidentlik juftligi hisoblanadi.