
- 0
- 16.03.2026 09:55:00
- 1 min read
15-mart kuni Tashkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, soat 13:18 da Botir Zokirov ko‘chasidagi majmuaning 3-qavatida yong‘in chiqayotgani haqida murojaat kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari manzilga bir daqiqada yetib borib, yong‘inni soat 13:28 da to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida majmuaning 3-qavatida taxminan 25 kvadrat metr maydon zararlangan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Ma’lum qilinishicha, bino hali foydalanishga topshirilmagan va yong‘in bolalar o‘yingohida sodir bo‘lmagan.