Farğonada bolalar zaharlanişi böyiça korxona rahbari va texnologi qamaldi

Farğonada bolalar zaharlanişi böyiça korxona rahbari va texnologi qamaldi
  • 9
  • 07.11.2026 15:57:00
  • 1 min read

Farğona viloyatida sakkizta boğçaning 105 nafar tarbiyalanuvçisi zaharlanişi bilan boğliq iş qayta körib çiqildi. Bu haqda viloyat sudi xabar berdi.

Kassatsiya instansiyasi avvalgi hukmni bekor qilib, “Garden Catering Trade” MÇJ rahbari Şavkat Turdaliyevni 4 yilga, korxona texnologi Rasuljon Alimovni esa 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi.

Avvalroq Furqat tuman sudi ularga ozodlikni çeklaş jazosini tayinlagan va sud zalidan ozod qilgan edi.

Eslatib ötamiz, 2026-yil 21–22-fevral kunlari Farğona şahridagi sakkizta boğçaning 105 nafar tarbiyalanuvçisi ovqatdan zaharlanib, şifoxonaga yotqizilgan. Tekşiruvlarda bolalar iste’mol qilgan taomlardan salmonella va stafilokokk bakteriyalari aniqlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News