
- 7
- 18.03.2023 14:29:00
- 1 min read
Pit Ekkert dunyoga mashhur fotograflardan biridir. Ammo u boshqa fotograflardan tubdan farq qiladi sababi uning ko‘zlari ko‘rmaydi, shunga qaramay Pit dunyoga mashhur Volkswagen va boshqa brendlar uchun suratlar oladi. Ko‘zi ojiz bo‘la turib qanday qilib noodatiy suratlar tushirishiga qiziqqanlarga u shunday javob beradi: har qanday obyekt, hatto butunlay harakatsiz bo‘lsa ham, o‘ziga xos tovushga ega, bu boshqa hech narsa bilan aralashtirib bo‘lmaydigan o‘ziga xos tebranishlarning kombinatsiyasidir. Sizlar uchun Pik Ekkertning takrorlanmas suratlarini havola etamiz.


