
- 9
- 13.10.2026 16:46:00
- 1 min read
Ilon Mask sun’iy intellektga haddan tashqari bosim o‘tkazish kelajakda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.
Mask superintellektni tarbiyalanayotgan bolaga qiyosladi. Uning fikricha, sun’iy intellekt xavfsiz bo‘lishi uchun uni shunchaki yaxshilik qilishga dasturlash yetarli emas. Unga haqiqatga intilish va mantiqiy fikrlash tamoyillarini singdirish muhim.
Tadbirkor Grok chatbotini sinovdan o‘tkazish jarayonida undan ba’zan noto‘g‘ri yoki javobi aniq bo‘lmagan savollarga ham qat’iy javob berish talab qilinishini aytdi. Maskning fikricha, superintellektga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish yaxshi natija bermasligi mumkin.
“Superintellektni qiynash unchalik yaxshi fikr emas. U qasos olishni istab qolishi mumkin”, — dedi milliarder.
U sun’iy intellektni yaratishda uning xavfsizligi va haqiqatga intilishini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.