Dubaydagi vahimali onlar, Eronning zarbalari

Dubaydagi vahimali onlar, Eronning zarbalari
  • 2
  • 03.03.2026 08:12:00
  • 1 min read

Ayrim manbalarga ko‘ra, Eron so‘nggi 24 soat ichida 15 mamlakatdagi nishonlar va harbiy kuchlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita zarbalar bergan.

Shu bilan birga, Dubayda shom azon payti otilgan an’anaviy Ramazon to‘pi ovozi ayrim fuqarolar tomonidan raketa hujumi deb qabul qilinib, qisqa muddatli vahima yuzaga kelgani aks etgan videolar ham keng yoyildi. Keyinchalik bu iftor vaqtini bildiruvchi an’ana ekani ma’lum bo‘lib, vaziyat tinchlangani bildirildi.

Yana bir videoda filippinlik ayolning Dubaydagi kvartirasiga jonli efir vaqtida go‘yoki raketa kelib tushgani ko‘rsatilgan.

Mintaqaviy keskinlik kuchayishda davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News