Kechki ovqat tayyor😍

Kechki ovqat tayyor😍
  • 8
  • 22.06.2026 11:52:00
  • 1 min read

Masallilqlar:
600 gr mol go‘shti
2 osh qoshiq zaytun yog‘i
3 osh qoshiq soya sousi
1 osh qoshiq tomat
1 osh qoshiq kraxmal
400 ml suv
1 dona piyoz
1 dona sabzi
2 dona yashil bulg‘or qalampiri
1 dona qizil bulg‘or qalampiri
1 osh qoshiq sariyog‘
1 choy qoshiqdan qizil qalampir kukuni, qora murch, kashnich va sarimsoq

Tayyorlanishi:
Birinchi go‘sht uzunchoq shaklda to‘g‘ralib, soya sousi va zaytun yog‘i bilan marinad qilinadi. Marinadlangan go‘sht muzlatkichga 1 soatga yuboriladi. So‘ng, qozonda qovurilib, biroz dimlab qo‘yiladi. Go‘sht pishgach, 1 osh qoshiq sariyog‘ qo‘shib yana biroz qovuriladi. Keyin, somoncha shaklida to‘g‘ralgan sabzavotlar va tomat qo‘shiladi. Oxirida, taomga ziravorlar va kraxmalli suv solinib, past olovda 30 daqiqa pishiriladi. Ezilib pishgan go‘shtli ovqatimiz kartoshka pyuresi yoki guruch palovi bilan dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News