Crocus’da terakt uyushtirganlar umrbodga qamaldi

Crocus’da terakt uyushtirganlar umrbodga qamaldi
  • 6
  • 12.03.2026 14:45:00
  • 1 min read

Moskva viloyatidagi Crocus City Hall’da 2024-yil 22-martda sodir bo‘lgan teraktda ayblangan Tojikistonning to‘rt fuqarosi – Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rachabalizoda, Shamsidin Faridun va Muhammadsobir Fayzov umrbod qamoqqa hukm qilindi. Ular terrorchilik tayyorgarligi, qurol-yarog‘ning noqonuniy muomalasi va terrorchi tashkilot faoliyatida ishtirok etishda aybdor topildi. Har biriga 990 000 rubl jarima ham belgilandi. Hujum oqibatida 149 kishi halok bo‘lgan, 1 kishi bedarak yo‘qolgan, 609 kishi jarohat olgan. 

Shuningdek, Umidjon va Mustaqim Soliyevlar, Shaxromjon Gadoyev, Zubaydullo Ismoilov, Xuseyn Hamidov, Muhammad Sharifzoda, Yoqubjoni Yusufzoda, Nazrimad Lutfulloi, Jumaxon Qurbonov, Xusan Medov va Jabroil Aushev ham umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini olgan.

Terakt ijrochilariga turarjoy ijaraga bergan Alisher Qosimov 22 yil-u 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Uning Moskva viloyatidagi kvartirasi musodara etilgan. Ularga avtomobil sotgan Isroil, Dilovar va Aminjon Islomovlar esa 19 yil-u 11 oy muddatga hukm qilingan.

Mazkur holat Rossiyada migrantlarga qarshi reydlarning kuchayishiga sabab bo‘lgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News