O‘zbekistonda soxta Call-markaz orqali fuqarolardan 8 mln dollar o‘margan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi

O‘zbekistonda soxta Call-markaz orqali fuqarolardan 8 mln dollar o‘margan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi
  • 6
  • 15.10.2026 10:52:00
  • 1 min read

DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy GSM-shlyuz qurilmalari orqali faoliyat yuritgan soxta Call-markaz faoliyati fosh etildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi 5 nafar shaxs Mirobod tumanidagi noturar binoni ijaraga olib, soxta Call-markaz tashkil qilgan. Guruh a’zolari banklar nomidan fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, ularning nomiga firibgarlar kredit olmoqchi ekanini aytishgan. Fribgarlar shu yo‘l bilan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, bank kartalaridagi pullarni o‘zlashtirgan hamda ularning nomiga onlayn kreditlar rasmiylashtirgan.

Jinoiy guruh noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan jami 8 million AQSH dollarini soxta MCHJ orqali kriptovalyutaga aylantirib, xorijga olib chiqib ketgan va legallashtirgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, guruhga muqaddam sudlangan shaxs rahbarlik qilgani, uning a’zolari orasida yirik banklardan birining bosh ofisi kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi ham bo‘lgani aytilmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov davomida guruhga aloqador 10 nafar shaxs aniqlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News