
- 0
- 25.02.2026 08:45:00
- 1 min read
Farg‘ona shahridagi 2-, 58- va 61-sonli davlat bog‘chalarida 21-fevral kuni 62 nafar bola o‘tkir diareya, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va harorat ko‘tarilishi bilan shifoxonaga yotqizildi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257¹-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Prokuratura va boshqa mutasaddi idoralar dastlabki tergov va ekspertiza ishlarini olib bormoqda.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va Maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bog‘chalarni tekshirmoqda va laboratoriya tahlillari o‘tkazilmoqda.