
- 8
- 21.03.2023 11:14:00
- 1 min read
Yaponiyalik Tokujin Yoshioka Issey Miyake WATCH brendining 10 yillik yubileyi munosabati bilan noodatiy ko‘rinishga ega soatlarni taqdim etdi. Dizayner ushbu soatlarni yaratishda “suv shakli”dan ilhomlanganini ma’lum qildi. Yoshioka ushbu soatlarni “shaffof vaqt” deya ta’riflagan.
“O-Bold” shaffof bilaguzukli soat bo‘lib, og‘irligi 39 grammni tashkil etadi. Batareyaning ishlash muddati 3 yil. Soatlar suvga chidamli qilib ishlangan.
Soatlar sotuvi 4-apreldan boshlanadi. Soatning narxi $166 deya baholangan.
Soat oq va qora rangda sotuvga chiqariladi.