
- 0
- 23.02.2026 15:04:00
- 1 min read
Turkiyada haydovchi mashinasini orqaga harakatlantirayotganida yiqilib, uning ostida qoldi. Keyin esa mashina oldinga harakatlanib, vaziyatni tushunishga ham ulgirmagan egasini urib, devorga qisib qo‘ydi. Avtomobil ham egasini jarohatladi, ham yo‘l chetida turgan ikkita mashina va “stolba”ning “boshiga yetdi”.
Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Albatta, bu vaziyat jiddiy va xavfli hisoblanishiga qaramay, tarmoq foydalanuvchilari hazil bilan “Mashinaning aniq egasida qasdi bor” kabi izohlar yozishgan.