
- 4
- 14.05.2026 13:48:00
- 1 min read
12-may kuni Fransiyaning Kann shahrida 79- “Kann” kinofestivali start oldi. 23-mayga qadar davom etadigan bu festivalga dunyo yulduzlari tashrif buyurmoqda.
Shuningdek, hindistonlik aktrisa Alia Bhatt ham qizil gilamda koʻrinish berdi. Ammo qizil gilamchada xalqaro fotograflar tomonidan yetarlicha eʼtibor berilmagani va eʼtiborsiz qoldirilgani haqidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻldi.
Tarqalgan videolarda aktrisa L'Oréal Paris brendining global elchisi sifatida qizil gilamchada suratga tushish uchun chiroyli libosda pozalar berayotgani, biroq xalqaro fotograflar oʻz kameralarini boshqa tomonga qaratgani yoki unga qiziqish bildirmayotgani aks etgan.
Internet foydalanuvchilari aktrisa hali yetarlicha taniqli emasligini aytsa ba’zilari esa bu tartibsizlikdan deya fikr bildirmoqda.