
- 8
- 14.10.2026 18:45:00
- 1 min read
Xitoyda bir erkak bir vaqtning o‘zida, bir binoning turli qavatlarida ikkita marosim o‘tkazdi. Bir qavatda uning yangi turmush o‘rtog‘i bilan to‘yi, boshqa qavatda esa sobiq sevgilisidan bo‘lgan farzandining 100 kunligi nishonlandi.
Ma’lum qilinishicha, ikki marosim uchun buyurtmalarni alohida oilalar bergan. Tomonlar bir-birining marosimidan bexabar bo‘lgan. Ular restoranda tasodifan uchrashib qolgach, janjal kelib chiqqan va xodimlar politsiyani chaqirgan. Shunga qaramay, ikkala marosim ham yakunlangan va hisob-kitoblar to‘langan.
Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, erkak yangi turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy nikohdan o‘tgan, sobiq sevgilisi bilan esa nikohini rasman qayd ettirmagan. Shu sababli, huquq-tartibot idoralari ko‘pxotinlilik bilan bog‘liq qonunbuzarlik alomatlarini aniqlamagan. Tomonlar o‘rtasidagi moliyaviy kelishmovchiliklar esa tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Voqea Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.