Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi YPX xodimini urib ketdi

Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi YPX xodimini urib ketdi
  • 0
  • 27.02.2026 07:48:00
  • 1 min read

25-fevral kuni Toshkent shahri Mirobod tumanida BMW M4 avtomobilini boshqargan haydovchi YPX inspektorini urib ketdi. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, avtomobilni haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 10-sinf o‘quvchisi boshqargan. YPX xodimi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda inspektor vafot etgani haqida tarqalgan xabarlar IIV tomonidan rad etildi. 
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News