Yil oxirigacha Yangi Toshkentda 20 ming xonadon foydalanishga topshiriladi

Yil oxirigacha Yangi Toshkentda 20 ming xonadon foydalanishga topshiriladi
  • 27
  • 12.10.2026 11:21:00
  • 1 min read

Joriy yil oxirigacha Yangi Toshkentda 20 mingta xonadon foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda 12-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev investorlar va tadbirkorlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Yangi uylar kamida 70 ming kishiga yashash imkonini yaratadi. Prezident uylar bilan birga maktab, tibbiyot muassasalari, savdo va sport maskanlari ham tashkil etilishi zarurligini ta’kidladi.

Shaharda FIFA talablariga javob beradigan 55 ming o‘rinli stadion ham qurilmoqda. U kelasi yil U-20 Jahon chempionatining asosiy arenalaridan biri bo‘ladi.

Shuningdek, vazirlik va idoralarning Yangi Toshkentga ko‘chirilishi rejalashtirilgan. Hozirda 2,6 ming nafar xodim uchun 9 ta bino qurilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News