YouTube yangi bosh sahifa dizaynini sinovdan o‘tkazmoqda

YouTube yangi bosh sahifa dizaynini sinovdan o‘tkazmoqda
  • 9
  • 30.10.2024 10:05:00
  • 1 daq o'qish

Platforma boshlang‘ich blogerlarga yordam berish maqsadida endi videolar ostida ko‘rishlar soni yoki nashr sanasini ko‘rsatmaydi. Foydalanuvchilar videoning qanchalik virusli ekanligini ko‘rmaydilar va videolarni faqat sarlavha va muqova bo‘yicha tanlaydilar.

Hozircha yangilanish cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun paydo bo‘ldi. X’da bu yangilanish muhokama qilinmoqda, “Garchi maqsad ezgu bo‘lsa-da, faqat ko‘rishlarni olib tashlash kifoya edi. Videoning nashr etilgan sanasi va dolzarbligi hali ham muhim” degan fikrlarni bildirib o‘tmoqdalar.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News