Bokschi yigitlarimiz 9 ta oltinga ega chiqib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi

Bokschi yigitlarimiz 9 ta oltinga ega chiqib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
  • 2
  • 26.01.2023 14:53:00
  • 1 daq o'qish

Bangkokda 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati final janglari yakunlandi. 
Finalda qatnashgan 10 nafar bokschimizning naq to‘qqiz nafari g‘alaba qozonib, oltin medalga ega chiqishdi.
Bitta bokschimiz yutqazib qo‘ydi va kumush medalli bo‘ldi.
Bundan tashqari bir nafari bronza medalini qo‘lga kiritgandi. 
 
Oltin:  
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev 
-67 kg: Bekzod Hamidov
-71 kg: Nurislom Ismoilov 
-75 kg: A’loxon Abdullayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg: Nusrat Tohirov
+92 kg: Jahongir Zokirov
 
Kumush: 
-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev
 
Bronza: 
 -51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov
 
Musobaqaga 13 nafar bokschi bilan kelgan terma jamoamiz yigitlar o‘rtasida ham umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News