
- 12
- 21.05.2024 11:55:00
- 1 daq o'qish
Yandex Go xizmati “Elektro” tarifini joriy qildi. “Elektro” tarifi tanlanganda foydalanuvchilar faqat elektromobillardan foydalanishi mumkin bo‘ladi va ushbu tarifda sayohatlar narxi 15 000 so‘mdan boshlanadi.
Yangi tarifga kirish uchun taksi haydovchilari yuqori reytingga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, yangi tarifdan foydalanishga ruxsat berishdan oldin haydovchilar yo‘lovchilar bilan muloqot qilish standartlari, kiyinish kodi va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari bo‘yicha qo‘shimcha treningdan o‘tadilar.
❓Siz Yandex Go’ning qaysi tarifidan ko‘proq foydalanasiz?