
- 5
- 12.04.2023 11:32:00
- 1 daq o'qish
🤑“Yandex Go” O‘zbekistonda foydalanuvchilar va haydovchilar uchun safar vaqtida hayot va sog‘liqni sug‘urtalash dasturini ishlab chiqdi. Sug‘urta tovonining miqdori 101,8 mln so‘mgacha etib belgilangan hamda bu summaga haydovchi va avtomashinadagi har bir yo‘lovchi safar davomida sug‘urta qilinadi.
Sug‘urta avtomatik ravishda “Yandex Go” ilovasi orqali buyurtma qilingan barcha safarlar uchun qo‘llaniladi.
YTH sodir bo‘lgan taqdirda, yo‘lovchilar va haydovchilar ilova orqali “Yandex Go” qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojat qilishlari kerak.
📍Safar sug‘urtasi xizmat yo‘lga qo‘yilgan shaharlar: Toshkent, Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qonda amal qiladi.