XPENG "IR0N" — Xitoy insonsimon robotlarni ommaviy ishlab chiqarishga yaqinlashmoqda

XPENG "IR0N" — Xitoy insonsimon robotlarni ommaviy ishlab chiqarishga yaqinlashmoqda
  • 12
  • 11.11.2025 13:36:00
  • 1 daq o'qish

Guanchjoudagi XPENG AI Day 2025 tadbirida kompaniya yangi avlod AI texnologiyalarini taqdim etdi. Eng katta e’tibor esa XPENG Next-Gen IRON nomli insonsimon robotga qaratildi.

Bu robot nafaqat yuradi, balki buyumlarni ko‘taradi, muvozanat saqlaydi, atrof-muhitni tahlil qiladi va o‘zi qaror qabul qilishga qodir. XPENG uni xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, logistika va hatto uy sharoitida yordamchi sifatida ishlatish mumkinligini aytmoqda.

Eng qiziq tomon shundaki, robot prototip emas. XPENG rasmiy ravishda ishlab chiqarishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Demak, insonsimon robotlar endi faqat filmlar g‘oyasi emas, balki tez orada kundalik hayotning bir qismiga aylanishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News