
- 1
- 07.08.2025 08:19:00
- 1 daq o'qish
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi HyperCharge zaryadlovchi qurilmasini namoyish etdi. U simli rejimda 200 Vt, simsiz rejimda esa 120 Vt quvvat bilan ishlaydi.
Taqdimot davomida kompaniya Xiaomi Mi 11 Pro smartfonining 4000 mA/soat sig‘imli batareyasi simli rejimda 3 daqiqada 50%, 8 daqiqada esa 100% gacha quvvat olganini, simsiz rejimda esa 7 daqiqada 50%, 15 daqiqada to‘liq zaryadlanganini ko‘rsatdi.
Hozircha ushbu qurilmaning qachon sotuvga chiqarilishi haqida ma’lumot berilmadi.