
- 7
- 22.10.2024 10:43:00
- 1 daq o'qish
Albaniyaning Tirana shahrida sport kurashlari boʻyicha U-23 toifasida navbatdagi jahon chempionati bellashuvlari boʻlib oʻtmoqda. Musobaqada Oʻzbekistonlik yunon-rum kurashi ustalaridan -60 kilogrammda Alisher Gʻaniyev, -72 kiloda Abror Atabayev va -82 kilogramm ogʻirlikda Samandar Bobonazarov vatanimiz sharafini himoya qildi. 60 kilogrammda hamyurtimiz Alisher Gʻaniyev yarim final bosqichida Ozarbayjon terma jamoasi aʼzosi Nihad Guluzadeni 9:0 hisobida taslim etib, finalga yoʻl oldi.
Bugun, 22-oktabr kuni Gʻaniyev chempionatda betaraf sportchi sifatida ishtirok etayotgan rossiyalik Dinislam Bammatov bilan ro‘baro‘ keladi.