Samolyotga kech qolgan ayollar uni to‘xtatishga urindi

Samolyotga kech qolgan ayollar uni to‘xtatishga urindi
  • 1
  • 10.08.2026 14:17:00
  • 1 daq o'qish

Moskvadagi Sheremetyevo aeroportida reysga kechikkan ikki ayol samolyotni uchish-qo‘nish yo‘lagigacha quvib yetib, to‘xtatishga urindi
Hodisa 25-iyul kuni sodir bo‘lgan. Ayollar barcha parvoz oldi nazoratlaridan o‘tgan, biroq keyinchalik aeroportning yo‘lovchilar uchun yopiq hududiga chiqib ketgan. Ularning samolyot ortidan yugurayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Aeroport ma’muriyatiga ko‘ra, ayollar qo‘lga olinib, FXX xodimlariga topshirilgan. Hozir ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News