Sirdaryoda ikki farzandini o‘ldirgan ayol 13 yil 4 oyga qamaldi

Sirdaryoda ikki farzandini o‘ldirgan ayol 13 yil 4 oyga qamaldi
  • 1
  • 17.08.2026 19:10:00
  • 1 daq o'qish

Sirdaryo viloyatida 32 yoshli ayol eri bilan janjaldan so‘ng undan o‘ch olish maqsadida ikki nafar voyaga yetmagan farzandini o‘ldirgan.
Voqea 2024-yil 1-fevral kuni Guliston tumanidagi ijara uyda sodir bo‘lgan. Ayol avval 6 yoshli, keyin esa 4 yoshli o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirgan. Jinoyatni yashirish uchun u bolalarning jasadlarini yotqizib, gaz plitasi va jo‘mraklarni ochib qo‘ygan. Shu orqali ularning is gazidan zaharlangani haqida taassurot uyg‘otmoqchi bo‘lgan. Keyin esa o‘z joniga qasd qilishga uringan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.
Sud-tibbiy ekspertizasi bolalar is gazidan emas, bo‘g‘ilish oqibatida vafot etganini aniqlagan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudi ayolni aybdor deb topib, 13 yil 4 oyga ozodlikdan mahrum qildi. U jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News