
- 1
- 06.08.2026 17:50:00
- 1 daq o'qish
Sirdaryo viloyatida 10 yoshli farzandini maktab to‘garagiga bormagani uchun kiyim ilgich bilan urgan ayol 3 sutkaga qamaldi.
Ma’lum qilinishicha, ayol ko‘chada o‘ynab yurgan farzandining boshi va tanasining turli qismlariga bir necha bor zarba bergan. Sud-tibbiy ekspertiza bolaning sog‘lig‘iga qisqa muddatli zarar yetkazmagan yengil tan jarohati olganini aniqlagan.
Sud ayolni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topib, unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi. Shuningdek, bunday holat takrorlansa, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.