Volfgang Amadey Motsart

Volfgang Amadey Motsart
  • 12
  • 31.03.2023 14:32:00
  • 1 daq o'qish

Musiqa dahosi Volfgang Amadey Motsart o‘zining noodatiy fe’l-atvori hamda betakror musiqalari bilan butun dunyoda nom qozongan. Avstriyalik bastakor tomonidan yaratilgan musiqalar hali hamon insonlar qalbiga quvonch hamda xotirjamlik olib kiradi. Afsuski Motsart juda qisqa va ayanchli hayot yo‘lini yashab o‘tgan. Bugun sizga uning hayotiga doir faktlarni havola etamiz.

🎼Motsart 5 yoshidan boshlab kuy bastalay boshlagan;
🎻Bastakor 7 yoshida mustaqil ravishda skripka chalishni o‘rgangan;
🎹8 yoshida o‘zining ilk simfoniyasini yaratgan;
🤵‍♂️Motsartning eng mashhur operasi “Figaroning to‘yi” bastakor tirikligida muvaffaqiyatsiz deb topilgan;
⛪️Motsart 35 yoshida vafot etadi. Bu vaqtda uning oilasi shu qadar qashshoq bo‘ladiki uning dafn marosimi imi jimida oddiy o‘tkaziladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News