
- 11
- 14.09.2024 15:38:00
- 1 daq o'qish
Jonni Depp Nyu-Yorkda o‘zining rasmlari ko‘rgazmasini ochishi haqida ma’lum qildi.
Shu yilning 4-oktabr kuni Jonni Depp Nyu-Yorkda o‘z rasmlarining immersiv ko‘rgazmasini taqdim etadi. Ekspozitsiya “A Bunch of Stuff” ya’ni “Bir nechta narsalar” deb nomlangan.
Mehmonlar bu ko‘rgazmada nafaqat rasmlarni, balki aktyorning turli filmlardagi rekvizitlarini ham ko‘rishlari mumkin. Shuningdek, 61 yoshli Depp o‘z-o‘zini tanqid qiladigan avtoportretni ommaga taqdim qiladi.
Siz ham bu ko‘rgazmada ishtirok etishni xohlarmidingiz?