WhatsApp’da mikrofon nosozligi kuzatilmoqda

WhatsApp’da mikrofon nosozligi kuzatilmoqda
  • 11
  • 14.01.2025 15:18:00
  • 1 daq o'qish

WhatsApp’da ba’zi Android foydalanuvchilari mikrofon uzilishiga duch kelishmoqda

WhatsApp messenjeri foydalanuvchilari forumlar va ijtimoiy tarmoqlarda noxush nosozlik haqida shikoyat qilmoqda. WhatsApp’da qo‘ng‘iroq payti ilovadan chiqqaningizda yoki ekran xiralashganda mikrofon o‘chirilishi ehtimoli bor.

Muammo barcha turdagi Android qurilmalarida ko'rinadi va brendlar o'rtasida farq qilmaydi. Google, Motorola, Sony, Samsung smartfon foydalanuvchilari nosozlikka duch kelishdi. Ayni paytda muammoning darhol yechimi yo'q. Hozircha yagona vaqtinchalik yechim –qo‘ng‘iroq paytida ilovada qolish. 
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News