📍Dam olish kungi manzil: Zarqaynar ko‘chasi

  • 14
  • 01.04.2023 12:39:00
  • 1 daq o'qish

“Sayohat kundaligi” sahifasi kelayotgan dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazishingiz uchun yana qator maskanlarni tayyorladi.

🎪Sirk
Masxaraboz, dorbozlar, polvonlar, akrobatlar, sehrgarlar va  o‘rgatilgan hayvonlar ishtirokidagi qiziqarli chiqishlar oilaviy kayfiyatingizni ko‘tarishi aniq.

🌌Toshkent planetariysi
Gumbaz ostidan yulduzli osmon va kosmos mo‘jizalarini kuzatish planetariyga tashrif buyurishga arziydi.

🍗Ankara Kebab
Turk ovqatlarini sevuvchilar uchun oilaviy turk restorani ayni muddao. Bu yerda siz haqiqiy turkcha muhitni his qilasiz.

🍧Ganga muzqaymoq
Kunning qaynoq taftidan holsizlanganda Ganga muzqaymoqlari joningiz oro kiradi.

🛒Chorsu bozori
Bozor – faqat savdo-sotiq joyi emas. Bu bozorda siz eski shahar ruhini ham his qilasiz.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News