- 12
- 29.04.2023 10:13:00
- 1 daq o'qish
“Sayohat kundaligi” sahifasi kelayotgan dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazishingiz uchun yana qator maskanlarni tayyorladi.
🕌Abulqosim madrasasi — Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylaridan biri. Meʼmoriy yodgorlik madrasa, masjid va xonaqohdan iborat tarixiy madaniy maskan.
📝Adiblar xiyoboni — Buyuk yozuvchilarimizning haykallarini kuzatish orqali milliy adabiyotni o‘rganish, oilaviy sayr qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
🍽Soy restorani — Oilaviy restoranda ishtaha hamrohligida turli xil milliy taomlar taʼmlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.