
- 2
- 28.08.2026 17:40:00
- 1 daq o'qish
26-avgust kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyati Oqtosh qishlog‘ida 35 yoshli o‘zbekistonlik erkak ish joyida pichoqlab o‘ldirildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum va 56 yoshli erkak o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqib, mushtlashuvga aylanib ketgan. Janjal vaqtida erkak pichoq ishlatib, novvoyning koʻkrak qismiga ikki marta zarba bergan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida halok boʻlgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan va aybiga iqror bo‘lgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.