Tramp AQSHda tug‘ilganlik asosida fuqarolik berishni chekladi

Tramp AQSHda tug‘ilganlik asosida fuqarolik berishni chekladi
  • 0
  • 07.08.2026 18:09:00
  • 1 daq o'qish

AQSH prezidenti Donald Tramp tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan ikkita yangi farmonni imzoladi.
Birinchi farmonga ko‘ra, AQSH hududida tug‘ilgan bo‘lsa ham, ota-onasidan biri terrorchilik tashkilotiga aloqador, AQSH fuqaroligini firibgarlik yo‘li bilan olishga uringan yoki xorijiy davlat manfaatlarini rasmiy ifodalovchi shaxs bo‘lgan bolalarga avtomatik fuqarolik berilmasligi ko‘zda tutilmoqda.
Ikkinchi farmon esa “tug‘uruq turizmi”ga qarshi qaratilgan. Unga ko‘ra, AQSHga faqat farzandini dunyoga keltirish va unga avtomatik fuqarolik olish maqsadida keladigan xorijlik ayollarga viza berishni cheklash ko‘zda tutilgan.
Tramp bu choralarni noqonuniy migratsiyaga qarshi siyosatining bir qismi sifatida izohlagan. Qarorlar AQSH Konstitutsiyasining tug‘ilish orqali fuqarolik berishni nazarda tutuvchi 14-tuzatishiga zid ekani yuzasidan sudlarda bahsga sabab bo‘lishi kutilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News