Toşkentda Imarat Development rahbariyatiga nisbatan jinoyat işi oçildi

Toşkentda Imarat Development rahbariyatiga nisbatan jinoyat işi oçildi
  • 5
  • 01.11.2026 14:04:00
  • 1 daq o'qish

Toşkent şahar IIBB xaridorlar şikoyatlaridan söng Imarat Development quriliş kompaniyasi rahbariyatiga nisbatan firibgarlik va mansab vakolatini suiiste’mol qiliş alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi.

Tekşiruvlarda kompaniya qurmoqçi bölgan uylar Toşkent şahrida emas, Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanida joylaşgani aniqlangan. Buni bilgan xaridorlar xonadonlar uçun tölagan pullarini qaytarişni talab qilgan, biroq mablağlar qaytarilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 192-11-moddasi (mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) bilan jinoyat işi oçilgan.

Eslatib ötamiz, 2025-yil dekabr oyida ham Imarat Development faoliyatidan norozi xaridorlar haqida suriştiruv e’lon qilingan edi. Unda ayrim fuqarolar uylarni Toşkent şahridan olamiz deb öylagani, biroq xonadonlar Toşkent viloyatidan taklif qilingani haqida söz yuritilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News