
- 3
- 02.02.2026 13:49:00
- 1 daq o'qish
Raqibsiz qurol — “Discombobulator”
Trampning aytishicha, operatsiya vaqtida “Discombobulator” deb nomlangan yangi avlod maxfiy quroldan foydalanilgan. Bu tizim Venesuela armiyasining radarlarini, raketa tizimlarini va elektron mudofaa tarmoqlarini bir necha soniya ichida butunlay ishdan chiqargan. “Birorta tizim ham javob bermadi”, — deya u qurolning ta’sirini ta’riflagan.
Sog‘liq bilan bog‘liq to‘satdan muammolar yuzaga kelgan
Operatsiyadan keyin tarqalgan guvohliklarda aytilishicha, ushbu texnologiya faqat elektron tizimlargagina emas, balki inson organizmiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Avval radarlar o‘chgan, keyin kuchli bosim va tovush sezilgan. Natijada ko‘plab askarlar o‘zini yomon his qilib, harakatlana olmay qolgan.
Zamonaviy urush texnologiyalari yana muhokamada
Taxminan ikki soat davom etgan operatsiya davomida o‘nlab odamlar halok bo‘lgani aytilmoqda. AQSh tomoni esa o‘z harbiylari orasida qurbonlar bo‘lmaganini bildirgan. Trampning bayonotlari zamonaviy urushlarda elektron jangovar vositalar, ongni chalg‘itish va inson fiziologiyasiga ta’sir qiluvchi texnologiyalar qanchalik rivojlanganini yana bir bor muhokamaga olib chiqdi.