
- 7
- 19.10.2024 16:19:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston mezbonlik qilgan harbiylar o‘rtasidagi 42-Jahon chempionatida o‘z yakuniga yetdi. Yakkalik bahslarda terma jamoa yakuniy hisobda 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medal bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Chempionatning so‘nggi kunida jamoaviy bellashuvlar bo‘lib o‘tdi va ayollar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik qizlar jahon chempioniga aylandi. Erkaklar terma jamoasi esa final uchrashuvida mo‘g‘ulistonlik harbiy dzyudochilarga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Maʼlumot uchun, 3 kun davom etgan musobaqada dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 400 nafarga yaqin harbiy dzyudochilar qatnashdi.