
- 7
- 13.05.2024 08:22:00
- 1 daq o'qish

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida 7- 8-may kunlari YUNESCO Osiyo va Tinch okeani havzasi bo‘yicha Jahon xotirasi qo‘mitasi (MOWCAP)ning 10-yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Tadbirda YUNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashabbusi bilan taqdim etilgan ikki nominatsiya – “Turkiston almbomi (1871-1872)” va “Xudoybergan Devonovning Xorazm vohasi fotosuratlari (1879-1937)” Osiyo va Tinch okeani havzasi Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritilgani e’lon qilindi.