Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevning o‘g‘liligi tasdiqlandi

Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevning o‘g‘liligi tasdiqlandi
  • 15
  • 11.09.2024 11:29:00
  • 1 daq o'qish

“Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida Botir Qodirovning otalikni belgilash bo‘yicha da’vo arizasi ko‘rib chiqildi va u marhum Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li ekanligi tasdiqlandi. 

1981-yil 5-mayda tug‘ilgan Qodirov Botir Sheraliyevichni Andijon shahar FHDYO bo‘limida 1983-yil 11-martda 12-son bilan qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnomaning ota ustuniga Sherali Jo‘rayev deb ko‘rsatilsin”, dedi sudya.
Uning aytishicha, hal qiluv qarori bir oydan keyin kuchga kiradi. Qarordan norozi taraflar shu sud orqali Toshkent shahar sudi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News