
- 16
- 17.04.2026 18:30:00
- 1 daq o'qish
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil boshida smartfon bozori pasayishi kuzatildi. Bu so‘nggi ikki yil ichida ilk bor ro‘y bergan salbiy dinamikalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislar fikricha, pasayishga asosiy sabab - smartfon ishlab chiqarishda ishlatiladigan detallar, shuningdek xotira chiplar narxining oshishi. Bu esa telefonlarning umumiy narxini ko‘tarib yuborgan va xaridorlar soni kamayib ketishiga olib kelgan. Bozorda yirik brendlar turlicha natija ko‘rsatmoqda. Jumladan, Apple va Samsung barqaror o‘sishni saqlab turibdi. Xiaomi, OPPO va Vivo kabi brendlar narx raqobati va foyda bosimi sabab qiyinroq davrni boshdan kechirmoqda. Shu bilan birga, Honor kompaniyasi xalqaro bozorlarda sezilarli o‘sish qayd etgan.