“Chayon zarbasi” qayta ijro etildi!

“Chayon zarbasi” qayta ijro etildi!
  • 1
  • 24.12.2025 16:31:00
  • 1 daq o'qish

1995-yilda “Uembli” stadionida Angliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Kolumbiya darvozaboni Rene Igita o‘zining mashhur “chayon zarbasi”ni amalga oshirib, mashhurlikka erishgandi. 
Oradan 30 yil o‘tib, Kolumbiyada o‘tkazilgan veteranlar uchrashuvida afsonaviy darvozabon o‘sha mashhur “chayon zarbasi”ni qayta amalga oshirdi. Oldingidek ideal chiqmagan bo‘lsa-da, har holda 59 yoshdagi odam uchun yomon emas.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News