
- 1
- 08.08.2025 10:29:00
- 1 daq o'qish


France Football nashri 2025-yilgi “Oltin to‘p”ga da’vogar futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro’yxatdan eng ko‘p Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi PSJ klubidan 9 nafar futbolchi joy olgan. Mukofotga asosiy da’vogar deb Usmon Dembele ko‘rilmoqda. "Oltin to‘p" taqdirlash marosimi esa, 22-sentabrda Parijda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi sovrinni Ispaniya terma jamoasi a’zosi va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri qo‘lga kiritgandi.