
- 7
- 16.09.2024 15:26:00
- 1 daq o'qish
Majin Bu taxallusi ostidagi insayderning yozishicha, 2025-yilda taqdim etiladigan iPhone 17 Pro yangi eksklyuziv ranglarda boʻlishi mumkin. Hozirda uchta rang sinovdan o‘tkazilmoqda. Yangi titanium Blue rangi “Yuangfeng Blue’dan yorqinroq” bo‘ladi. Bu rang iPhone 13 Pro liniyasida ishlatiladigan Sierra Blue’ga biroz o‘xshab ketadi.
Ikkinchi rang esa iPhone 14 Pro qatorida ishlatilganiga o‘xshash rang Titanium Purple va uchinchisi Titanium Green ranglarida bo‘lishi mumkin.