✈️Toshkent aeroportida milliy ruhda bezatilgan birinchi kapsula mehmonxona ochiladi

✈️Toshkent aeroportida milliy ruhda bezatilgan birinchi kapsula mehmonxona ochiladi
  • 6
  • 05.04.2023 14:55:00
  • 1 daq o'qish

“Uzbekistan Airports” tez orada poytaxt aeroportining steril zonasidagi yana bir blok foydalanishga topshirilishi haqida ma’lumot berdi.
U yerda hammom, tahorat olish va namoz oʻqish xonalari, “Anjir” biznes-zali va Oʻzbekiston aeroportlaridagi birinchi kichik mehmonxona ochiladi.
Qayd etilishicha, mehmonxonaga tashrif buyuruvchilar uchun maʼlumot tablosi, hammom va dush xonasi koʻzda tutilgan. Qabulxona kecha-yu kunduz ishlaydi va har bir yoʻlovchiga samolyotga chiqish uchun individual taklifnoma taqdim etiladi.
Mehmonxona kapsula deyilgani bilan faqat yotishga mo‘ljallangan emas, balki stol-stul, kiyim ilgich va javondan iborat xona bo‘ladi.
27 ta kapsulani oʻz ichiga oladigan mehmonxona ikki qavatdan iborat bo‘ladi. Loyiha ustida ishlash uchun taniqli dizayner Bobur Ismoilov taklif qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News