
- 11
- 08.07.2024 15:11:00
- 1 daq o'qish
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan “Yakshanba” filmi 11-20-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan Yaponiyaning “Skip City International D-Cinema” festivalida ishtirok etadi.
Festival doirasida 10 ta xalqaro film saralab olindi: Fransiya, Yaponiya, Vengriya, Turkiya, Hindiston va Oʻzbekiston kinoijodkorlari oʻz asarlari bilan qatnashmoqda. Ma’lumot uchun, mazkur festival bu yil o‘zining 20 yilligini nishonlaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Yakshanba” Hindistonning “Bengaluru International Film Festival”ida “Eng yaxshi film” deb topilgandi.